Endilikda hokim bir vaqtning oʻzida xalq deputatlari Kengashining raisi boʻlmaydi

Saqlash
20:53 / 24.02.2023 1862 0

Qonun bilan “hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan qatʼiy norma oʻrnatilmoqda, deb yozadi OʻzA.

 

Ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Deputatlar qayd etishganidek, avvalgi muhokamalarda Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga boshchilik qilishini nazarda tutuvchi qoida chiqarib tashlangan edi.

 

Biroq jamoatchilik tomonidan berilgan takliflarda bunday oʻzgarishning oʻzi yetarli emasligi, yaʼni hokimlar xalq deputatlari Kengashlarida rahbar boʻla olmasligi aniq koʻrsatilishi kerakligi bildirilgan edi.

 

Shunga muvofiq, “hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning oʻzida tegishli xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas” degan qatʼiy norma oʻrnatilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//