Iqtisod
23-fevral kuni prezidentning “Qishloq xoʻjaligida aholi bandligini oshirish va yer uchastkalaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Qarorga koʻra, 1-apreldan 2024-yil 1-maygacha eksperiment tariqasida respublika byudjetidan paxta yoki gʻalla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklariga ularning ishchilarining mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari boʻyicha toʻlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.
Buning uchun ular quyidagi shartlarga rioya etishlari kerak:
Shuningdek, 1-apreldan tadbirkorlar yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binolari, shu jumladan, 2023-yil 1-yanvardan keyin foydalanishga topshirilgan binolar yuzasidan ularning mol-mulkiga hisoblangan summani bino foydalanishga topshirilgan oydan boshlab 3 yildan ortiq boʻlmagan muddatga toʻlaydi. Buning uchun ular quyidagi pasaytiruvchi koeffitsiyentni qoʻllashlari lozim boʻladi:
Xususan, ushbu bandda belgilangan pasaytiruvchi koeffitsiyent mahsulot ishlab chiqarish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yordamchi xonalar bilan birga, agar ularning maydoni yangi qurilgan koʻp qavatli ishlab chiqarish binosining umumiy maydonining 20 foizidan oshmagan boʻlsa joriy etiladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish maqsadlarida bino bir nechta xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan birgalikda foydalanilayotgan boʻlsa, bunday binoning har bir mulkdori tomonidan qoʻllaniladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q