Siyosat
23-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qoʻshma Hududlar forumining birinchi yigʻilishi va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvida ishtirok etish uchun Ozarbayjon delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizga kelgan iqtisodiyot vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Mikoyil Jabborovni qabul qildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Uchrashuv avvalida iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborov davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Suhbatda avtomobilsozlik, toʻqimachilik va ipakchilik tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari jadal amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Qoʻshma investitsiya jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida bitim imzolanmoqda. Neft-gaz tarmogʻida, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalar tayyorlanmoqda.
Ikki mamlakat oʻrtasidagi amaliy hamkorlik koʻlamini, jumladan, amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish dasturi doirasida yanada kengaytirish muhim ekani qayd etildi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95107
Jamiyat
91335
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q