Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilariga ipoteka krediti taqdim etish orqali uy-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi.
Ilgari turar joyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun harbiy xizmatchilarga pul kompensatsiyasini toʻlash turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka krediti boʻyicha dastlabki badal oʻtkazilgan kundan boshlab toʻliq 12 oy oʻtgandan keyin toʻxtatilar endi. Endilikda toʻlovlar uy-joy belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgunga qadar toʻlanadi.
Shuningdek, kompensatsiya olish uchun harbiy xizmatchilar oʻzining va turmush oʻrtogʻining nomida shaxsiy turar joy mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishi lozim.
Qoʻshimcha qilinishicha, hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2023-yil 21-fevraldan kuchga kirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q