Jamiyat
Kanadaning Arton Capital kompaniyasi dunyoning eng mehmondoʻst davlatlari Welcoming Countries Rank-2023 reytingini eʼlon qildi, deb yozadi Uznews nashri.
Qayd etilishicha, reytingdagi mamlakatlarning taqsimlanishi qancha fuqarolarning mamlakatga vizasiz (kelgach viza olish yoki elektron viza berish orqali) kirishi mumkinligiga asoslanadi.
Reytingda 25-oʻrinni egallab turgan Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng mehmondoʻst davlatga aylangan. 139 davlat fuqarolari mamlakatga vizasiz rejimda tashrif buyurishlari mumkin.
Roʻyxatda Tojikiston 49-oʻrinda (mamlakat 87 davlat fuqarolari uchun vizasiz tashriflar uchun ochiq), Qirgʻiziston 53-oʻrinda (80 ta davlat), Qozogʻiston esa 54-oʻrinda (77 davlat) joylashgan.
Turkmaniston, Afgʻoniston va Shimoliy Koreya kabi davlatlar reytingni yakunlab bergan. Boisi bu davlatlarga vizasiz kirish koʻzda tutilmagan.
Reytingning yuqori qismidan bir-yoʻla 22 davlat oʻrin egallagan, ularning aksariyati Afrika qitʼasida joylashgan (Nigeriya, Efiopiya, Gabon, Ruanda, Jibuti va boshqalar). Shuningdek, Maldiv, Kambodja va Komor orollari ham yetakchilar orasida qayd etilgan. Ushbu mamlakatlarning har biriga 198 davlat fuqarolari vizasiz tashrif buyurishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q