Jamiyat
Toshkent shahar Yunusobod tumani “Buyuk Turon” mahallasidagi (Oloy bozori orqasidagi) koʻchalarning biriga Usmon Nosir nomi berildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining VI-77−30−14−0-K/23-sonli qarori bilan Yunusobod tumani “Buyuk Turon” mahallasidagi Amir Temur 1-tor koʻchasi Usmon Nosir koʻchasi deb qayta nomlandi. Shuningdek, ushbu koʻchaga tutash nomsiz koʻchaga Usmon Nosir 1-tor koʻchasi nomi berildi.
Xabarda bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 10-fevraldagi “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi qarori tegishli bandining ijrosini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgani qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q