Jamiyat
Respublika tez tibbiy yordam markazi avtoparkiga 23-fevral kuni 117 dona Volkswagen Caddy rusumli tez tibbiy yordam mashinalari yetkazildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Vazirlikka koʻra, dunyo tajribasida tez tibbiy yordam xizmatidagi avtotransport vositalarini ishlatish muddati oʻrtacha 5-8 yilni tashkil etadi. Oʻzbekistonda ham foydalanilayotganiga 8 yildan oshgan avtomashinalarni yangilash lozimligi belgilangan. Shu sababli “103” xizmatida eskirgan avtoulovlarni bosqichma-bosqich zamonaviylariga almashtirish choralari koʻrilmoqda.
Birinchi bosqichda 230 dona B toifadagi Ford reanimobillari Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan Toshkent va Samarqand shaharlarida foydalanish uchun yetkazib berildi. Natijada 2022-yilga kelib bunday zamonaviy avtoulovlar soni 541 taga yetdi. Ularni jihozlashda shifokor hamda bemorlarga qulaylik yaratishga alohida eʼtibor berilgan.
Ikkinchi bosqichda 1000 dona A toifali tez tibbiy yordam mashinasi xarid qilinishi koʻzda tutilgan boʻlib, ushbu maqsadda Osiyo taraqqiyot banki loyihasi asosida kredit mablagʻlari ajratilgan. Bu orqali tizimdagi maʼnan eskirgan Damasʼlarini yangilash koʻzda tutilmoqda.
Hozirgacha qariyb 340 ta Volkswagen Caddy joylarga yetkazib berildi. Ushbu avtomobillar taqsimoti hududlardagi aholi soni va tez tibbiy yordam mashinalarini yangilash ehtiyojidan kelib chiqqan holda shakllantirilmoqda.
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit Gʻafurovning maʼlum qilishicha, xarid qilinishi rejalashtirilgan yana 640 ta tez tibbiy yordam mashinasi ham Hunday, Ford, Volkswagen, Iveco kabi jahon brendlariga tegishli boʻlishi kutilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q