Jamiyat
Toshkent shahri Chilonzor tumani 20 mavzeda yashovchi fuqaro oʻz ayolini boʻgʻib oʻldirdi. Bu haqida Milliy telekanalining Millar dasturida xabar qilindi.
Qayd etilishicha, holat 2022-yil oktabr oyida sodir boʻlgan. Sudlanuvchining maʼlum qilishicha, u chiqindixonada ishlab kelgan va janjalga sabab ayoli unga oʻsha joyda ishlashini aytib haqorat qilgani sabab boʻlgan. Marhumaning onasining aytishicha, tugʻilajak farzandlar qiz farzand boʻlgani sabab janjal kelib chiqqan. U 15-oktabr kuni farzandli boʻlishi kerak boʻlgan, 12-oktabr kuni vafot yetgan.
Sudlanuvchining aytishicha, ayolni boʻgʻganidan soʻng hushidan ketdi deb oʻylagan. U oʻzini boshqara olmagani, faqatgina janjalgacha boʻlgan holatni eslay olishini maʼlum qilgan. Ayol oʻz vaqtida shifoxonaga olib borilmagani sabab bolalarni ham asrab qolish imkoni boʻlmagan.
Sudlanuvchi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi “b” bandida (Homiladorligi aybdorga ayon boʻlgan ayolni qasddan oʻldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir yetganlikda ayblanib, 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum yetilgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95107
Jamiyat
91335
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q