Jamiyat
Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi qator mahallalarda 22-fevral kuni gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, “Chambil” mahallasida yerosti oʻrta bosimli gaz quvuriga shikast yetkazilgan. Hozirda taʼmirlash ishlari olib borilmoqda va nosozlik bartaraf etilgach, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Nosozlik sababli “Hamza”, “Ibn Sino”, “Toshkent”, “A.Qahhor”, “A.Avloniy”, “Yangihayot”, “Musa Jalil”, “Chambil”, “I.Karimov” va “Hilol” MFYlardagi 5 ming 278 ta koʻp qavatli xonadon, 1024 ta hovli-uy xonadonlar hamda 52 ta ulgurji isteʼmolchilarga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatilgan.
Siyosat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112961
Jamiyat
95653
Jamiyat
92614
Jamiyat
76867
Jamiyat
//
Izoh yo‘q