Jamiyat
Universitet talabasi 75 million soʻmdan ortiq pullarni oʻgʻirladi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyati Termiz shahrida yashovchi M.Sh. ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs uning bank kartasidan 75.700.000 soʻm pulni yechib olganini bildiradi.
Shuningdek, u nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni va pullarni qaytarishda yordam soʻragan. Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, ushbu jinoyat Termiz davlat universitetining 4-kurs talabasi, 1997-yilda tugʻilgan M.A tomonidan sodir etilgani aniqlandi.
M.A. ushbu jinoiy rejasini bank filiallaridan birida amaliyot oʻtayotgan vaqtida tuzgani maʼlum qilib, bank tizimi orqali notanish shaxs nomidagi bank kartasini faollashtirgani va jabrlanuvchiga qoʻngʻiroq qilib bank xodimi ekanligini bildirib, sms-xabarnomani qoʻlga kiritgan hamda mavjud boʻlgan barcha pullarni nomaʼlum shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga oʻtkazib olib, turli bankomatlar orqali pullarini yechib olganini bildirgan.
M.A.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Agar uning aybi tasdiqlansa, fuqaro BHMning 300 baravarigacha miqdorda jarima toʻlashi yoki 3−5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi aytilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q