Ilm-fan
Joriy yilning 21-fevral kuni UNESCO tabiiy fanlar sohasidagi tadqiqotlar uchun UNESCO–Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotining toʻrt nafar laureatini eʼlon qildi.
Mazkur nufuzli mukofotga Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, biolog olim, akademik Ibrohim Abdurahmonov ham sazovor boʻldi.
Misr, Xitoy, Litva va Oʻzbekistondan toʻrt nafar laureat joriy yilning 10-mart kuni Ekvatorial Gvineyaning Jibloho shahrida boʻlib oʻtadigan marosimda ushbu nufuzli mukofot bilan taqdirlanadi. Ularning tadqiqotlari oziq-ovqat xavfsizligi, paxta navlarini takomillashtirish, vaksinalarni ishlab chiqish va ogʻir genetik kasalliklarni davolashning innovatsion usullariga qaratilgan.
Gʻoliblar hakamlar hayʼati tomonidan mukofot nizomiga muvofiq inson hayoti sifatini yaxshilashga qoʻshgan hissasini inobatga olgan holda aniqlandi. Shuningdek, hakamlar hayʼati bir ovozdan UNESCO Bosh direktoriga 2023-yilgi mukofotni 4 nafar nomzodlar oʻrtasida taqsimlashni tavsiya qildi.
Ibrohim Abdurahmonov gʻoʻzaning kasalliklarga chidamliligi, tola sifati va hosildorligi kabi foydali xususiyatlarini aniqlash maqsadida ishlatiladigan molekulyar markerlarni ishlab chiqqani uchun mazkur nufuzli mukofotga loyiq deb topildi. Ushbu markerlar seleksionerlarga foydali xususiyatlarga ega oʻsimliklarni tez va samarali aniqlash hamda tanlab olish imkonini beradi.
Akademik Abdurahmonov 2012-yilda Oʻzbekiston Genomika va bioinformatika markazini tashkil yetib, unga rahbarlik qilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q