Madaniyat
Surxondaryo viloyatining Bandixon tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskani foydalanishga topshirildi.
Maskanning ochilishida Bandixon tumani hokimi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari soʻzga chiqib, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash kabi ishlar xususida soʻz yuritdi.
Yangi ochilgan ushbu maskanda xodimlar xonasi, zamonaviy kutubxona, turli toʻgaraklar xonasi tashkil etilgan boʻlib, yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar maʼnaviy-maʼrifiy sohani yangi bosqichga olib chiqishida xizmat qiladi.
“Aytish kerakki, Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarida yaratilgan bu kabi sharoitlar hududlarning ijtimoiy-maʼnaviy muhitini yanada yaxshilashda, aholi vakillari xususan, yoshlar oʻrtasida, milliy gʻurur, milliy iftixor va daxldorlik tuygʻusini yanada kuchaytirishda va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini doimiy muvofiqlashtirishda muhim oʻrin tutadi” deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Surxondaryo viloyat boʻlimi rahbari N.Rahmatullayeva.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
112755
Jamiyat
95437
Jamiyat
92252
Jamiyat
76575
Jamiyat
//
Izoh yo‘q