Jamiyat
Yerusti metro yoʻnalishi estakadasi ostidagi hududlarda jami 2700 oʻrinli avtoturargohlar tashkil etiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK harakat xizmati rahbari Sulton Qodirov maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahar Yashnobod tumanidan oʻtuvchi yerusti metro yoʻnalishi estakadasi ostidagi (umumiy yer maydoni 2,9 gektar) hududda 1200 oʻrinli beshta avtoturargoh hamda Sergeli tumanidan oʻtuvchi yerusti metro yoʻnalishi (umumiy yer maydoni 3,37 gektar) hududida 1500 oʻrinli yettita avtoturargoh, jami boʻlib 2700 oʻrinli avtoturargoh tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Qodirovning maʼlum qilishicha, rejalashtirilgan ishlar amalga oshirilishi natijasida umumiy hisobda 1700 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
2023-yil davomida metro vagonlari parkini yangilash maqsadida, metro yoʻnalishlariga beshinchi vagon sifatida 10 ta harakat tarkiblariga qoʻshimcha vagon qoʻshiladi, shuningdek, 14 ta toʻrt vagonli zamonaviy turdagi yangi harakat tarkiblari foydalanishga topshiriladi.
Natijada, metro poyezdlari harakatlanish jadvalida koʻrsatilgan intervallarni qisqartirishga erishilishi qoʻshimcha qilingan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94831
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q