Oʻzbekiston Suriyaga insonparvarlik yordami yubordi

Saqlash
19:09 / 21.02.2023 1012 0

Bugun, 21-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga asosan Suriya Arab Respublikasining zilziladan jabr koʻrgan aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborildi.

 

Qariyb 50 tonnaga yaqin yuborilayotgan insonparvarlik yordami yuki roʻyxatiga bolalar va kattalar uchun kiyimlar, maishiy texnika vositalari, chidamli oziq-ovqat konservalari, quruq mevalar, yarim tayyor ovqatlar, chaqaloqlar boʻtqasi, yopinchiq va yostiqlar, gigiyenik vositalar toʻplami singari hayotiy zarur vosita va mahsulotlar kiritilgan.

 

 

Insonparvarlik yuki yordami koʻrinishidagi hayotiy zarur vosita va mahsulotlarni samolyot orqali Oʻzbekistondan Suriyaga Favqulodda vaziyatlar, Transport vazirliklarining masʼul xodimlari yetkazib berishadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//