Jamiyat
Oʻzbekiston milliy arxivida saqlanayotgan tarixiy davr (1917-yilgacha) arxiv hujjatlaridan 56 ta yigʻmajild oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi. Bu haqda “Oʻzarxiv” agentligi axborot xizmati rahbari Anvar Aliyev maʼlum qildi.
2022-yil davomida Oʻzbekiston milliy arxivida saqlanayotgan 1917-yilgacha boʻlgan arxiv hujjatlaridan 10 ta fonddan jami 56 ta yigʻmajild oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.
Jumladan «Канцелярия Туркестанского генерал губернатора» (1868-1917y.) fondining 26-ta: И-3 «Российское императорское политическое агентство в Бухаре»; И-5 «Канцелярия началника Зеравшанского округа», И-16 «Управление переселенческим делом в Сыр-Даринском районе»; И-19 «Ферганское областное управление», И-46 «Управление Туркестанского таможенного округа»; И-194 «Патта Гисарская таможня», И-278 «Товарищ прокурора Самаркандского окружного суда по Самаркандскому участку», И-715 «Подготовителные материалы к составленной полковником А.Г.Серебренниковым публикации документов «Туркестанский край. Сборник материалов для истории его завоевания» va И-722 «Штаб Туркестанского военного округа» fondlaridagi 56 ta yigʻmajildlari oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarildi va tadqiqotchilar uchun ilmiy muomalaga kiritildi.
Shuningdek, Р-314 «Уполномоченный управления по эвакуации населения при Совете Народных Комиссаров УзССР» fondi va Р-837 «Совет Народных Комиссаров УзССР» fondlarining 603 ta varaqdan iborat arxiv hujjatlari oʻrnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqarilgan.
Qoʻshimcha qilinishicha, 2022-yil davomida 290 ta vazirlik, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari hamda boshqa tashkilotlarda arxiv ishi boʻyicha davlat nazorati tadbirlari oʻtkazilgan. Oʻtkazilgan tekshirish natijasida arxiv ishiga masʼul xodimlarning 10 nafariga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar tuzilib, tegishli sud organlariga yuborilgan; 4 ta oʻtkazilgan tekshirishlar boʻyicha toʻplangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan; qonunchilik hujjatlari talablari buzilganligini bartaraf qilish haqida 218 ta koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q