Toshkentda koʻp qavatli avtoturargohlar quriladi

Saqlash
21:26 / 20.02.2023 956 0

Prezident “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligining maxsus tashkil qilinadigan davlat muassasasiga yer uchastkalarini toʻgʻridan toʻgʻri ajratgan holda Davlat budjeti hisobidan yoki davlat-xususiy sheriklik asosida Toshkent shahrida koʻp qavatli avtoturargohlarni qurish va ularni tayyor biznes sifatida tadbirkorlik subyektlariga avtoturargoh profilini oʻzgartirmaslik sharti bilan sotish amaliyotini joriy etish haqidagi taklifi maʼqullandi.

 

Taʼkidlanishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda koʻp qavatli avtoturargohlarni qurish boʻyicha mazkur bandda nazarda tutilgan tartibni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Transport vazirligi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil yakuniga qadar Nukus shahri va viloyat markazlarida jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejalari va ularni amalga oshirish boʻyicha manzilli dasturlar ishlab chiqilishini taʼminlaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//