Jamiyat
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda viloyat hududida radioaktiv va zaharli qurilmalarni sotish bilan shugʻullanib kelayotgan shaxslar qoʻlga olindi.
Maʼlum boʻlishicha, andijonlik R.S. jinoiy sherigi M.S.ning taklifiga koʻra, Andijon viloyatidagi tanishidan goʻyoki harbiy maqsadda foydalaniladigan radioaktiv va zaharli qurilmalarni Samarqand shahriga olib kelib, ishonchli xaridor topilguniga qadar Samarqand shahridagi mehmonxonalardan birida yashab kelgan.
Keyinchalik, M.S. Samarqand shahridagi tanishi J.O. orqali mazkur moslamalarni umumiy hisobda 1 million AQSH dollari evaziga mahalliy fuqaroga sotishga kelishib, oldindan 200 000 AQSH dollari soʻragan. Bu shaxslar ichida 1 kg simob moddasi boʻlgan qoʻlbola usuldagi qurilmani 200 000 AQSH dollari evaziga mahalliy fuqaroga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi rejalashtirilib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q