Afgʻonistonda Alisher Navoiy yodgorligi buzib tashlandi. Oʻzbekiston TIV holat yuzasidan Afgʻoniston hukumati bilan bogʻlangan

Saqlash
19:57 / 16.02.2023 660 0

Afgʻonistonda buyuk shoir Alisher Navoiy yodgorligi buzib tashlangan. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati holat yuzasidan Afgʻoniston tomonidan bogʻlanilganini maʼlum qildi.

 

Vazirlik matbuot kotibi Ahror Burhonov Oʻzbekiston Afgʻonistonda Alisher Navoiy haykaliga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni qaygʻu bilan qabul qilganini bildirgan.

 

“Afgʻonistonda buyuk shoirimiz Alisher Navoiy yodgorliklariga zarar yetkazilgani haqidagi xabarlarni qaygʻu bilan qabul qildik. Ushbu masala yuzasidan Afgʻoniston hukumati vakillari bilan bogʻlandik. Ularning taʼkidlashicha, ushbu vandalizm holati qardosh Oʻzbekiston bilan koʻp asrlik doʻstona munosabatlarni mustahkamlash tarafdori boʻlgan hukumat rasmiy siyosatini aks ettirmaydi, nomaʼlum shaxslarning oʻzboshimchalik va oʻylamasdan qilgan harakati natijasi boʻlib, umumiy tarixiy va madaniy merosimizga zarar yetkazadi”, — deb yozadi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili.

 

Uning qoʻshimcha qilishicha, Afgʻoniston hukumati vakillari yodgorliklarni tiklash va umumiy merosimizga hurmat bilan munosabatda boʻlish choralarini koʻrishini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq “Tolibon” harakati Afgʻonistonning Balx viloyatida oʻrnatilgan Alisher Navoiy yodgorligini buzib tashlagani toʻgʻrisida xabarlar tarqalgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//