Oʻzbekiston maktablarida qancha oʻquvchi bor? Statistika agentligi maʼlumot berdi

Saqlash
21:00 / 15.02.2023 842 0

2022/2023-oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda umumtaʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan oʻquvchilar soni qariyb 6,5 million nafarni tashkil etgan.

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 1–4-sinf oʻquvchilari soni 2,5 million nafarni yoki jami miqdorga nisbatan 39,4 foizni tashkil qiladi.

 

Hududlar boʻyicha 1–4-sinf oʻquvchilari soni quyidagicha:

 

Qoraqalpogʻiston — 144,2 ming nafar;

Andijon viloyati — 234,7 ming nafar;

Buxoro viloyati — 127,9 ming nafar;

Jizzax viloyati — 105,6 ming nafar;

Qashqadaryo viloyati — 262,2 ming nafar;

Navoiy viloyati — 74,3 ming nafar;

Namangan viloyati — 211,9 ming nafar;

Samarqand viloyati — 306,8 ming nafar;

Surxondaryo viloyati — 216,7 ming nafar;

Sirdaryo viloyati — 60,5 ming nafar;

Toshkent viloyati — 201,9 ming nafar;

Fargʻona viloyati — 273,2 ming nafar;

Xorazm viloyati — 138,8 ming nafar;

Toshkent shahri — 185,3 ming nafar.

 

Avvalroq Oʻzbekistondagi OTMlar qancha talabani qamrab olgani haqida xabar berilgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//