Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston hududida 16-fevral, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi, 12–15 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –2–7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi –3...+2 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -2–7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q