Toshkent shahrida qancha aholi yashayotgani maʼlum qilindi

Saqlash
19:48 / 15.02.2023 900 0

Toshkent shahrida doimiy aholi soni 2023-yil 1-yanvar holatiga koʻra 2 million 955 ming 700 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, aholi 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida 93,3 ming kishiga yoki 3,3 foizga koʻpaygan. Shundan erkaklar 1 449 300 kishini tashkil qilsa, ayollar 1 506 400 kishidir.

 

Tumanlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:

 

— Olmazor tumanida 395,0 ming kishi;

— Yunusobod tumanida 366,9 ming kishi;

— Shayxontohur tumanida 360,5 ming kishi;

— Mirzo Ulugʻbek tumanida 323,1 ming kishi;

— Uchtepa tumanida 293,5 ming kishi;

— Yashnobod tumanida 289,4 ming kishi;

— Chilonzor tumanida 271,9 ming kishi;

—Yangihayot tumanida 161,0 ming kishi;

— Mirobod tumanida 149,5 ming kishi;

— Sergeli tumanida 162,3 ming kishi;

— Yakkasaroy tumanida 126,9 ming kishi;

— Bektemir tumanida 55,7 ming kishi.

 

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//