Jamiyat
Oʻzbekiston aholisining 56 foizi ortiqcha vaznga ega. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 13-fevral kuni ijtimoiy sohalarga masʼul rahbarlarni qabul qilgan yigʻilishda maʼlum qilingan.
Taʼkidlanishicha, bugungi kunda aholining 56 foizida ortiqcha vazn, 30 foizida surunkali kasalliklar bor. Shu bois “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” umummilliy harakati boshlanishi maʼlum qilingan.

Shuningdek, tibbiyot taʼlimiga ilgʻor xorijiy tajribani joriy qilish, tizimni raqamlashtirish va tibbiy sugʻurtani yoʻlga qoʻyish orqali xizmat sifatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan. Aholini qiynab kelayotgan onkologik, yurak-qon tomir va endokrin kasalliklar boʻyicha erta oʻlimni keskin kamaytirish muhimligi taʼkidlangan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q