
Jamiyat
Oʻzbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlanadi.
Tegishli qaror loyihasiga koʻra, u chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga yanada qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga Oʻzbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun bevosita oʻzi kelib murojaat qilish bilan bir qatorda, davlat xizmati koʻrsatishning elektron shakli, yaʼni onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ariza yuborish imkoniyatini yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
Loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:
birinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga YAIDXP orqali murojaat qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning tartib taomillarini belgilash;
ikkinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga YAIDXP orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish;
uchinchidan, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun YAIDXP orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmati vakolatli organ tomonidan qabul qilish, koʻrib chiqish va xabarnoma yuborish idoralararo avtomatlashtirilgan tizim orqali amalga oshirish.
Bildirilishicha, qaror loyihasi qabul qilinishi chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning vaqtlarini tejashga, ularga qulaylik yaratishga yaʼni Oʻzbekistonda doimiy yashashga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga YAIDXP orqali ariza yuborish boʻyicha davlat xizmatidan onlayn tarzda foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q