Jamiyat
Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanida yangi qurilgan koʻp qavatli uy ichidan darz ketgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tuman hokimligi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Mirzo Ulugʻbek tumani Magʻrur koʻchasi 55B-uy manzilida joylashgan ushbu uy xususiy uy joy sifatida “Quyun” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari A.Zokirov va boshqalar tomonidan qurilgan va fuqarolarga boʻlib-boʻlib sotilgan.
Qurilish vazirligining maʼlum qilishicha, ushbu bino koʻp kvartirali uy-joy sifatida qurilish meʼyor va talablari asosida qurilmagan. Hozirda ushbu bino vakolatli loyiha institutlari tomonidan oʻrganilmoqda. Natijalar haqida qoʻshimcha axborot taqdim qilinadi.
2022-yil 18-yanvar kuni Mirzo Ulugʻbek tuman prokuraturasi tomonidan “Quyun” MCHJ rahbari A.Zokirov va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud oʻtkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar koʻrsatish) 4-qismi “a”, “b” bandlari, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishida toʻplangan hujjatlarga koʻra, A.Zokirov akasi R.Zokirov bilan Magʻrur koʻchasi, 55B-uy va boshqa manzillarda shaharsozlik normalari va qoidalarini jiddiy ravishda buzgan holda 3 qavatdan iborat boʻlgan sifatsiz uylarni qurib, aldov yoʻli bilan fuqarolarga sotgan. Yuqoridagi holatlar boʻyicha sud hukmi bilan A.Zokirovga 8 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Akasi R.Zokirov tergovdan yashiringanligi sababli unga qidiruv eʼlon qilingan.
Fuqarolarga toʻlanadigan kompensatsiya masalasi Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasida koʻrilmoqda.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q