Jamiyat
Oʻzbekistonlik qutqaruvchilar zilziladan 102 (4,5 kun) soat oʻtib, 32 yoshli Naim Bayaslini vayronalar ostidan chiqarib oldi.
Naim Baisli oʻzbek qutqaruvchilari tomonidan Hatayning Antakya tumanidagi Jumhuriyat mahallasi Asli Ayan koʻchasida joylashgan 4 qavatli Bayasli turar-joy binosi vayronalari ostidan qutqarilgan. U qutqarilgan vaqtda yaralangan boʻlgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv otryadlari soʻnggi soatlarda vayronalar ostidan yana 14 kishining jasadi olib chiqilganini xabar qildi.
Vazirlikdan olingan maʼlumotga koʻra, FVV qutqaruv otryadlari Hatay viloyati vayronalari ostida jarohatlanganlar va halok boʻlganlarni qidirish ishlarini uzluksiz davom ettirmoqda. Tabiiy ofat epimarkazida qidiruv guruhlari toʻrtinchi kundirki tinimsiz ishlamoqda.
Maʼlumot uchun, qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlanganidan buyon Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari 13 nafar jabrlangan va 64 nafar halok boʻlganlarni vayronalar ostidan olib chiqdi.
Kecha, 9-fevral kuni vayronkor zilzilada jabrlangan Oʻzbekistonning 11, Qirgʻizistonning 6 nafar fuqarosi Toshkentga evakuatsiya qilingan.
https://t.me/oyinauz/9374
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q