Jamiyat
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida masʼuliyati cheklangan jamiyat rahbari mazkur MCHJga qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun noturar joy sifatida berilgan 1 gektar yer maydonining 50 sotixini turar joy qurish uchun kadastr tizimidagi tanishlari orqali 12,5 ming dollarga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishadi.
DXXning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda u kelishilgan pulni olgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, Andijon viloyatida ikki nafar fuqaro Ulugʻnor tumanidagi fermer xoʻjalik rahbarining ishonchiga kirib, fermer xoʻjaligiga bogʻdorchilik uchun ajratilgan 4 gektar yer maydonining kadastr hujjatlari va rasmiy muhrini qoʻlga kiritadi.
DXXning Andijon viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda mazkur fuqarolar 4 gektar yerni 148 mln soʻmga xaridor nomiga rasmiylashtirib berishga kelishib, undan soʻralgan pulni olgan vaqtida qoʻlga olindi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q