Jamiyat
Oʻzbekiston va Afgʻoniston temiryoʻllari oʻrtasida yuklar tashuvi tiklandi. Bu haqda Oʻzbekiston temiryoʻllari matbuot xizmati xabar berdi.
8-10-fevral kunlari Termiz shahrida Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afgʻon delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv natijasida Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi va “Sogdiana trans” SHK oʻrtasida “Hayraton – Mozori-Sharif” temir yoʻlini ekspluatatsiya qilishni kelgusida davom ettirish boʻyicha yangi shartnoma imzolashga kelishildi.
Shu bilan birga, Afgʻoniston tomoniga yoʻnaltirilgan vagonlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning “Sogdiana trans” SHK tomonidan Hayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10-fevralidan qayta tiklandi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar boʻyicha bayonnoma imzolandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q