Jamiyat
9-fevral kuni soat 13:30 dan boshlab Qamchiq dovoni avtotransport vositalari harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlik xabariga koʻra, Qamchiq dovonida qor koʻchkisi xavfi yuzaga kelgan, shu tufayli dovon transport vositalari uchun vaqtincha yopilgan.
Ayni damda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan muvofiqlashtirilgan holda vaziyatni tezroq qayta tiklash boʻyicha barcha zarur choralar koʻrilmoqda.
Avvalroq 8-9-fevral kunlari A-373 Toshkent – Oʻsh avtomobil yoʻlining Qamchiq dovonidan oʻtgan qismida qor yogʻishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yogʻingarchilik boʻlishi, tuman kuzatilishi, koʻrinuvchanlik 50 metrgacha qisqarishi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, yoʻlda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi xabar berilgandi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q