Jamiyat
Shavkat Mirziyoyevning topshirigʻiga binoan Oʻzbekiston maxsus borti halokatli zilzilalar natijasida jabrlanganlarga shoshilinch yordam koʻrsatish maqsadida Gaziyantep shahriga (Turkiya) yetib borgan.

Bortda umumiy soni 71 kishidan iborat qoʻshimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi bilan bir qatorda, navbatdagi gumanitar yordam partiyasi ham yetkazilgan.
Jabrlanganlarga yordam berish maqsadida Mudofaa vazirligi tibbiy otryadining 50 nafar xodimi xizmat qiladigan bir gektar maydonga toʻqqizta alohida boʻlinmadan iborat koʻchma shifoxona majmuasini joylashtirish rejalashtirilgan.

Maʼlum qilinishicha, ushbu dala shifoxonasi Oʻzbekistondan keltirilgan barcha zarur tibbiy asbob-uskunalar va dori-darmonlar bilan toʻliq taʼminlanadi.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q