Oʻzbekistonda talabalarga yotoqxonaga onlayn joylashish imkonini beruvchi davlat xizmati joriy etiladi

Saqlash
22:16 / 08.02.2023 1245 0

Oʻzbekistonda talabalarga yotoqxona topishda yordam beruvchi davlat xizmati ishga tushiriladi. Bu jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan 2023-yilgi davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilgan.

 

“Daryo”ning eʼtibor qaratishicha, 2023-yilda elektron davlat xizmatlarining ulushini 55 foizga yetkazish, shu jumladan, proaktiv xizmatlarni koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish maqsad qilingan. Shu sabab talabalarga yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan bepul elektron xizmati joriy etiladi.

 

Bunda:

 

yotoqxonalar hisobini yuritish reyestri ishlab chiqiladi;

 

ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar ustuvor ravishda joylashtiriladi;

 

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza beriladi;

 

toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov, raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, adliya vaziri Akbar Toshqulov topshiriq ijrosi uchun masʼul etib tayinlangan, muddat esa 2023-yil may oyi etib belgilangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//