Yanvar oyida 85 mlrd soʻmlik tabiiy gaz noqonuniy ishlatilgan

Saqlash
21:51 / 07.02.2023 985 0

Joriy yilning yanvar oyi davomida Ishchi guruhlar tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida 614 ta holatda ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 85 mln kub metr (85 mlrd soʻm) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar tarqatdi.

 

Qayd etilishicha, noqonuniy foydalanish holatlari isteʼmolchilar toifasi boʻyicha — AGTKSHlarda 20 ta holatda (76,8 mlrd soʻm), issiqxonalarda 30 ta (1,2 mlrd soʻm), ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta (1,9 mlrd soʻm), umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta (0,7 mlrd soʻm) holatda qayd etildi.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.

 

Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari Buxoro viloyatida 37,9 mln kub metrni (37,8 mlrd soʻm), Qashqadaryoda 25,1 mln kub metrni (25 mlrd soʻm), Toshkent viloyatida 13,2 mln kub metrni (13,2 mlrd soʻm), Navoiyda 3,5 mln kub metrni (3,6 mlrd soʻm), Fargʻonada 1,3 mln kub metrni (1,2 mlrd soʻm) tashkil etgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//