Professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining oylik maoshlari oshiriladi

Saqlash
15:02 / 07.02.2023 1280 1

Oʻzbekistonda 2023-yil 1-apreldan boshlab professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining oylik maoshlari oshiriladi. Bu haqda 2023-yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.

 

Hujjatga koʻra, professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

 

Professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishincha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.

 

Natijada 27 nafar professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining oylik maoshlari 20 foizga oshirilib, oʻrtacha 3 million soʻmga teng boʻladi.

 

Ushbu maqsadlarga joriy yilda 139 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

1 Izoh

G'iyosiddin

06:01 / 01.01.1970

Assalomu alaykum 20% juda kam eng kamida 100% ko'tarish kerak . Chunki 1 stafka (820 soat ) oyiga 82 soatda eng kamida 25 000 dan 2050 000 so'm bo'ladi, hamda 13% soliq va kasaba ushlanmasidan keyin 1 783 000 so'm o'qtuvchi oylik oladi. Oliy malumotli o'qtuvchi uchun ushbu summa juda kam, yana undan qandaydur natija kutish XATO . TA'LIMGA ETIBIR BERILMASA DAVLAT HECH QACHON RIVOJLANMAYDI, CHUNKI KELAJADA YOSHLAR OLGAN TA'LIMGA TAYANIB DAVLATNI BOSHQARADI.

Izoh qoldirish