Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi 8-fevral, chorshanba kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomgʻir yogʻadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq, baʼzi joylarda 17-20 daraja iliqqacha boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq, baʼzi joylarda 20 daraja issiqqacha boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Respublika togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qor koʻchishi xavfi bor. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq boʻladi.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q