Jamiyat
Toshkentning Yangihayot tumanida 31-yanvar kuni bedarak yoʻqolgan 12 yoshli qizning jasadi 1-fevralga oʻtar kechasi, taxminan, soat 2:30 larda oʻz uyi yaqinidan topilgani haqida xabar bergan edik.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, qizchaning jasadi topilgan hududda obodonlashtirish ishlari boshlangan.
Mazkur xabarni aniqlashtirish uchun oyina.uz muxbiri Yangihayot tuman hokimligi matbuot kotibi bilan bogʻlandi. Mutasaddi xabarni tasdiqladi.
Uning maʼlum qilishicha, obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda mazkur hududga yoritish chiroqlari oʻrnatilib, piyodalar yoʻlagi ham quriladi. Biroq hozirda tergov ishlari olib borilayotgani sababli obodonlashtirish ishlari vaqtincha toʻxtatilgan.
Shuningdek, “Ochiq byudjet” loyihasi doirasida kameralar oʻrnatish boʻyicha tashabbus kiritiladi.
Maʼlumot uchun, mazkur holat yuzasidan 29 yoshli erkak gumonlanuvchi sifatida ushlangan, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «v», «z» bandlari (aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni nomusga tegish yoki jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib, gʻayritabiiy usulda qondirish bilan bogʻliq holda qasddan oʻldirish) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Bosh prokuratura maʼlumotlariga koʻra, gumonlanuvchi shaxs 2022-yilning yozida marhumaning xonadonida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q