Jamiyat
Joriy yilning 31-yanvar kuni Yangihayot tumanida zoʻrlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topilgan.
Bosh prokuraturaning xabariga ko'ra, mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v,z” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchi shaxs (29 yoshli erkak) Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.
Maʼlumot oʻrnida, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022-yilning yoz oyilarida yollanma ishchi sifatida taʼmirlash ishlarini amalga oshirgan.
“Mazkur ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning shaʼni va qadr-qimmatini kamsitadigan maʼlumotlar va boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi” deyiladi xabarda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q