Jamiyat
Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻi bilan Mirazimov Doniyor Batirovich Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Tibbiyot fanlari nomzodi D. Mirazimov professional faoliyatini aynan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. Shundan keyin ushbu muassasada shifokor-neyroxirurg, bosh shifokor boʻlib ishlagan.
Bundan tashqari, D. Mirazimov Sogʻliqni saqlash vazirligida bosh boshqarma boshligʻi, Vazirlar Mahkamasida shoʻba mudiri kabi masʼul lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan.
U 2020-yildan beri 2-son Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q