Jamiyat
Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi xonadonlarning birida gazdan portlash sodir boʻlgani xabar berilgan edi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati maʼlumot taqdim etdi.
Maʼlum qilinishicha, portlash oqibatida 5 nafar shaxs turli tan jarohati olgan.
Koʻrsatilgan tez-tibbiy muolajalarga qaramasdan 1 nafari shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi “a” bandi (Togʻ-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q