Hindistonda chang bo‘roni tufayli maktablar yopildi

Saqlash
14:21 / 15.11.2021 1103 0

Bugun, 15-noyabr kuni Hindistonning Dehli shahridagi maktablar havoning ifloslanishi tufayli bir haftaga yopildi. Bu haqda Times of India nashri xabar qilmoqda.

“Dushanbadan boshlab o‘quvchilar chang havodan nafas olmasliklari uchun barcha maktablar yopiladi”, deb e’lon qilgan xukumatning birinchi vaziri Arvind Kejrival.

Bundan tashqari, hududdagi har qanday qurilish ishlari to‘rt kun davomida to‘xtatib turiladi. Davlat idoralari xodimlari uydan chiqmay, masofaviy tarzda ishlashadi. Xususiy ishxonalardan ham imkon qadar shu qoidaga amal qilishlari so‘ralmoqda. 

Shanba kuni Dehlida chang to‘zoni boshlangan bo‘lib, uning darajasi normadan 20 baravar yuqori deb belgilangan. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ham chang bo‘roni kuzatilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//