Jamiyat
1-fevral kunidan boshlab Toshkent shahri boʻylab 152-sonli “Chorsu savdo markazi ASHB—Moliya akademik litseyi” yangi bogʻlovchi avtobus yoʻnalishi harakati tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qildi.
Taʼkidlanishicha, Chorsu savdo markazidan Navoiy, Abay, Zulfiyaxonim, Labzak, KHAY, Ziyolilar, Doʻrmon yoʻli, Bogʻishamol, Gulshan, Zarbuloq koʻchalari orqali Moliya akademik litseyiga qadar boriladi. Qaytish yoʻnalishida litseydan Zarbuloq, Ozodlik, Namangan, THAY, Bogʻishamol, Doʻrmon yoʻli, Ziyolilar, KHAY, Labzak, Zulfiyaxonim, Abay, Mavoiy, Samarqand Darvoza, Navoiy koʻchalari orqali Chorsu savdo markaziga qadar qatnaydi.

Yoʻnalish soat 5:30 dan 22:30 gacha harakatlanishi belgilangan. Mazkur yoʻnalishda xizmat koʻrsatish huquqi vaqtinchalik navbatdagi tenderga qadar jamiyatning “8-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilgan.
Yoʻnalishdagi jadvallar soni Isuzu avtobuslari asosida ish kunlariga 5 ta, shanba kunlariga 4 ta, yakshanba kunlariga esa 3 ta etib belgilangan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94831
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q