“Oltin qalam” bosh milliy mukofoti gʻolibiga avtomobil beriladi

Saqlash
14:36 / 03.02.2023 1775 0

Jurnalistlar oʻrtasida har yili anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Oltin qalam” milliy mukofotining bosh sovriniga 2023-yildan boshlab avtomobil qoʻyiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida maʼlum qilindi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilanganidek, 2023-yildan boshlab “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindorlari qoʻyidagicha taqdirlanadi:

 

— bosh milliy mukofot uchun – avtomobil;

 

— 1-oʻrin uchun – BHMning 200 baravari (60 mln soʻm) miqdorida;

 

— 2-oʻrin uchun – BHMning 175 baravari (52,5 mln soʻm) miqdorida;

 

— 3-oʻrin uchun – BHMning 150 baravari (45 mln soʻm) miqdorida;

 

—12 ta ragʻbatlantiruvchi nominatsiyaning har biri uchun – BHMning 100 baravari (30 mln soʻm) miqdorida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//