“Yulduzli tunlar” romani ingliz tilida chop etildi

Saqlash
22:39 / 02.02.2023 1691 0

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov qalamiga mansub “Yulduzli tunlar” romanining inglizcha nashri (“Babur: Starry Nights”) chop etildi. Loyiha Islom Karimov nomidagi fond tomonidan amalga oshirilgan.

 

Romanni britaniyalik mutarjim Kerol Yermakova ingliz tiliga oʻgirgan, tarjima matni Juli Uikenden tomonidan tahrir qilingan. Taniqli rassom Bobur Ismoilov esa nashr uchun suratlar ishlagan. Kitob Fransiyaning “Nouveau Monde Editions” nashriyotida chop etilgan.

 

Atoqli shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur (1483–1530) hayotiga bagʻishlangan tarixiy roman 1972-yilda yozilgan. Pirimqul Qodirov ushbu romani uchun 1982-yilda Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor boʻlgan.

 

“Yulduzli tunlar” asari rus, yapon, hind, urdu, turk, qozoq, uygʻur, turkman tillariga ham tarjima qilingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//