Jamiyat
Sovuq kunlarda tabiiy gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazib berish uchun avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan edi.
Bugungi kunda gaz quvurlarida bosimning meʼyorga kelishi natijasida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan bir maromda taʼminlash imkoni yaratilmoqda.
Shu sababli, joriy yil 2-fevraldan boshlab mahalliy hokimliklar tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyiladi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.
AGTKSHlarning faoliyat yuritish vaqti hududlar sharoitidan kelib chiqqan holda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan tarzda amalga oshiriladi.
“Hurmatli vatandoshlar! AGTKSHlar faoliyatidagi vaqt cheklovlari gaz quvurlarida bosimning koʻtarilib borishiga mos ravishda oʻzgartirib boriladi”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q