Jamiyat
Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 1-fevral, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-3 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Respublika togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq boʻladi.
Jahon
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q