Qishning soʻnggi oyida qanday ob-havo boʻladi? “Oʻzgidromet” fevral uchun prognozlarini eʼlon qildi

Saqlash
20:36 / 31.01.2023 3352 0

Oʻzbekistonda fevral oyining birinchi oʻn kunligida harorat asosan kechalari 0+5 daraja iliq, baʼzi joylarda -2 daraja sovuq boʻladi. Kunduzi harorat +3+8 daraja iliq, baʼzi joylarda +10+12 daraja iliq boʻlishi, shimolda kechalari -3-8 daraja sovuq, kunduz kunlari +2+7 daraja iliq boʻlishi kutiladi.


Maʼlum qilinishicha, oʻn kunlik nisbatan yogʻingarchilikka boy boʻladi. Oʻzbekistonning barcha hududlarida vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻib, baʼzi joylarda qorga aylanishi mumkin.

 

Fevral oyining oxirigacha harorat kechalari +2+7 daraja iliqdan 0-5 daraja sovuqqacha tushadi. Shuningdek, kunduz kunlari +2+7 daraja iliqdan +12+17 iliqqacha oʻzgarib turishi kutiladi.


Ayrim kunlarda respublika boʻyicha baʼzi joylarda qor va yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchiliklar kuzatiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//