Jamiyat
Toshkent avtovokzalidan viloyatlarga qatnovchi avtobuslarga chiptani onlayn sotib olish imkonini beruvchi UzBus mobil ilovasi ishga tushirildi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi.
Vazirlikka koʻra, yoʻlovchilar mobil ilova orqali shaharlararo qatnovlar uchun elektron chipta sotib olishi, avtobusdagi joyni tanlashi, toʻlovni istalgan bank kartasi orqali amalga oshirishi mumkin.
Mobil ilova yordamida “Toshkent” avtovokzalidan amalga oshirilayotgan shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlardagi qatnovlar jadvali bilan real vaqt rejimida tanishish imkoniyati ham yaratilgan.
Taʼkidlanishicha, hozirda UzBus mobil ilovasi orqali Buxoro – Toshkent yoʻnalishidagi avtobus qatnovlariga ham chiptani elektron shaklda sotib olish mumkin. Boshqa viloyatlardan Toshkent shahriga amalga oshiriluvchi qatnovlar uchun elektron chipta xarid qilish imkoniyati bosqichma-bosqich joriy etilishi qoʻshimcha qilingan.
Foydalanuvchilar UzBus mobil ilovasini Google Play orqali yuklab olish mumkin.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94830
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q