Dauletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, Lolagul Kallixanova ozodlikka chiqarildi

Saqlash
15:48 / 31.01.2023 824 0

Bugun, 31 yanvar kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro viloyat sudida 2022-yilning 1–2-iyul kunlari Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahrida sodir etilgan tartibsizliklar ishtirokchilariga nisbatan sud hukmi oʻqilmoqda.

 

Unga koʻra, Davletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

 

U uyushgan guruh tashkil qilib, Qoraqalpogʻiston Respublikasining amaldagi hukumatini agʻdarib, oʻzini Joʻqorgʻi Kenges raisi lavozimiga tayinlash maqsadida joriy yilning 1-2-iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda ayblangandi.

 

Sudda prokuror Tajimuratovga 18 yil berishni soʻragandi.

 

Lolagul Kallixanova JKning 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlandi.

 

Qamoqda o‘tirgan 6 oy 24 kuni tayinlangan jazodan chegirilib, o‘tash uchun 7 yil 5 oy 6 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoldirildi. JKning 72-moddasi qo‘llanilib, jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

 

Kallixanova uyushgan guruhga birlashib, ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm (ayirmachilik) gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan, aholini ommaviy tartibsizlikka daʼvat qiluvchi materiallarni tarqatib kelganlikda ayblanayotgandi. Prokuror unga 11 yillik qamoq jazosi soʻragandi.

 

Hukm oʻqilishda davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//