Jamiyat
Taʼmirlash ishlari tufayli 31-yanvar kuni Toshkentning Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi baʼzi mahallalarda tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatildi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Yangihayot tumanining “Yangidarxon” MFY hududidan oʻtgan oʻrta bosim D-76 mm.li yer usti gaz quvurida taʼmirlash ishlari olib borilishi sababli 31-yanvar kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar “Yangidarxon” MFY joylashgan Navroʻz koʻchasi va 4-9 tor Navroʻz koʻchalaridagi jami 209 ta uy xoʻjaligida hamda hududdagi 9 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Sergeli tumani “Xonobodtepa” MFY, Dadaxoʻjayeva koʻchasidan oʻtgan yer osti D-57 mm.li oʻrta bosim gaz quvurining metro qurilishi hududidan boshqa xavfsiz joyga koʻchirilishi sababli 31-yanvar kuni soat 10:00 dan 15:00 ga qadar “Xonobod”, “Xonobodtepa” va “Xontepa” mahallalaridagi jami 580 ta uy xoʻjaligi hamda hududdagi 15 ta ulgurji isteʼmolchida tabiiy gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatiladi.
“Taʻmirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz taʻminoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ”Hududgaz Poytaxt“ gaz taʻminoti filiali isteʻmolchilardan uzr soʻraydi”, — deyiladi xabarda.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q