Chust va Pop tumanidagi mahallalarga 6 mingga yaqin kitoblar topshirildi

Saqlash
16:49 / 30.01.2023 1331 0

Namangan viloyati Chust tumanidagi 72 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarining har biriga 40 donadan jami 2880 dona kitoblar Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan yetkazib berildi.

 

 

Kitoblarni oʻzini oʻzi boshqarish organlariga tarqatishdan maqsad har bir mahallada oʻz kutubxonasini tashkil qilish, aholini kitobga boʻlgan qiziqishini ortirish, mahalla ahlining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va mahallalarning maʼnaviy xazinaxonasini yanada boyitishdan iboratdir.

 

 

Kitoblar taqdimotida “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi, senator I.Najmiddinov, viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi A.Alaxoʻjayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari M.Appaqov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi raisi A.Mukarramov, tuman hokimi B.Hamdamov va tumandagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.


Shuningdek, tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari M.Appaqov tomonidan 2 dona “Oʻzbekiston qahramonlari” kitobi hamda “Maʼnaviyat” lugʻati kitobi ham tuman hokimiga taqdim etildi.

 

Xuddi shunday tadbir viloyatning Pop tumanida ham oʻtkazildi. Tumandagi mahalla fuqarolar yigʻinlarining har biriga 40 donadan jami 3000 dona kitob “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan yetkazib berildi.

 

 

 

Taqdimotida “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi, senator I.Najmiddinov, viloyat Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi A.Alaxoʻjayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari M.Appaqov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimi raisi A.Mukarramov, tuman hokimi A.Sultanov va tumandagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//