Jamiyat
Bolalar shoiri Odil Abdurahmon 2023-yil 30-yanvar kuni 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.
Odil Abdurahmon (Odiljon Abdurahmonov) 1943-yil 22-fevralda Andijon viloyati Qoʻrgʻontepa tumani Maʼmyrobod qishlogʻida tavallud topgan. 1962—1969-yillarda Andijon davlat pedagogika institutida tahsil olgan. 1978-yildan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
1965—1967-yillari shoirning bolalar hayotidan hikoya qiluvchi “Quvnoq bolalar”, “Salom, quyosh” toʻplamlari chop etilgan. Shundan soʻng u Abdulla Oripov, Vosit Saʼdulla, Qudrat Hikmat, Safar Barnoyev, Narimon Orifjonov kabi taniqli ijodkorlar nazariga tushadi. Shuningdek, uning “Oyga remont tusharmish”, “Quvnoq bolalar”, “Oʻzbeklar yurti”, “Miltiq otilmadi”, “Azim kichik armiyasining xazinasi”, “Shamol qanday yashaydi”, “Belanchak” kabi sheʼriy va nasriy toʻplamlari nashrdan chiqqan.
Adibning soʻnggi yillarda kattalar uchun bir qator nasriy asarlari nashr etildi. “Oshiqlarga oʻlim yoʻq” qissasi, “Urush va qismat”, “Sen mening qoʻshigʻimsan” romanlari shular jumlasidandir.
Odil Abdurahmon 2022-yilda “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q