Dam olish kunlari havo harorati 10 darajagacha koʻtariladi

Saqlash
19:39 / 27.01.2023 1891 0

27-yanvar, juma va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududi boʻyicha sovuq antisiklon periferiyasining taʼsiri asta-sekin kuchsizlanishi davom etadi, deb xabar bermoqda “Oʻzgidromet”.

 

Qayd etilishicha, respublikaning barcha hududlari boʻyicha asosan kam bulutli, yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi kuzatiladi.

 

Dam olish kunlari Oʻzbekiston boʻyicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi. Harorat kechalari 3-8 daraja sovuq, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 10-12 daraja sovuq atrofida boʻladi. Kunduz kunlari harorat 2-7 daraja iliqqacha, Surxondaryo viloyatida 10 daraja iliqqacha boʻladi.

 

Respublika boʻyicha dam olish kunlarida havo haroratining koʻtarilishi notekis boʻladi. Juma kuni kunduzi respublikaning katta qismida harorat 0-5 daraja iliq atrofida, Surxondaryo viloyatida 7-10 daraja iliqqacha boʻladi. Ammo Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 2-4 daraja sovuq atrofida boʻlishi saqlanib turadi.

 

Poytaxtda dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi asta-sekin 2-4 daraja iliqqacha, yakshanba kuni 5-7 daraja iliqqacha koʻtariladi. Kechalari 3-5 daraja sovuq boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//